





#Deputat_faoliyati
Kambag‘allikni qisqartirish —
ustuvor vazifa
Aholi farovonligini oshirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Muxiddinovaga biriktirilgan kotibiyat mudiri G. Tursunova “Sortepa” mahallasida bo‘ldi.
♻️Tashrif davomida mahalla hokimi yordamchisi A. Sharipov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, oilalarning daromadlarini oshirish hamda aholi tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
♻️Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, fuqarolarning doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Olib borilgan ishlar tahlil qilinib, deputat tomonidan zarur tavsiyalar berildi.