Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 276053
Gallery image 276054
Gallery image 276055
Gallery image 276056
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
26 Okt 2026
18:27

#Deputat_mahallada


📗Mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📘Shu maqsadda tuman Kengashi deputati G. Tursunova tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Usmonova bilan birgalikda “Fayz” mahallasiga tashrif buyurdi.

📔Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

📕Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.