Barcha yangiliklar
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Gallery image 276045
Gallery image 276046
Gallery image 276047
Gallery image 276048
Gallery image 276049
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
26 Okt 2026
18:22

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

📝Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati tomonidan “Mevazor” mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va aholi qarzdorligini hisoblash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan “Toza hudud” DM Zangiota tumani filialiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝So‘rovda chiqindilarni olib chiqish jadvaliga rioya etilishi, amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan qarzdorliklarning asosliligi tekshirilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi so‘raldi.

📝Maqsad — mahalla aholisining haqli e’tirozlarini o‘rganish, xizmatlar sifatini yaxshilash va to‘lovlar hisob-kitobida adolat hamda shaffoflikni ta’minlash.

📝Мазкур deputatlik so‘rovi yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatda yozma javob taqdim etilishi so‘raldi.