Barcha yangiliklar
#Deputat_so‘rovi_ijobiy_hal_etildi
Gallery image 276040
Gallery image 276041
Gallery image 276042
Gallery image 276043
Gallery image 276044
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
26 Okt 2026
18:20

#Deputat_so‘rovi_ijobiy_hal_etildi

#Deputat_so‘rovi_ijobiy_hal_etildi

Qurilish chiqindilari masalasi deputat so‘rovi asosida o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati  M.Qoraxo‘jayevning 2026-yil 18-sentabrdagi deputat so‘rovi asosida Shodlik MFY hududida joylashgan 22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qayta qurish ishlari jarayonida hosil bo‘lgan qurilish chiqindilari holati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida qurilish chiqindilari hududdan to‘liq olib chiqib ketilmagani va belgilanmagan joyga joylashtirilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

✅Shuningdek, qurilish chiqindilarini hududdan to‘liq olib chiqib ketish va tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish hamda tushuntirish ishlari olib borildi.

✅ Deputat so‘rovi asosida muammo o‘rganilib, qonunbuzilish holati yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.