Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 276038
Gallery image 276039
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
26 Okt 2026
18:19

#Deputat_mahallada

♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xoliqov tomonidan Navbahor MFY, Kitobxonlar-1 ko‘chasi, 26-xonadonda yashovchi fuqaro V.Qayumxo‘jayeva tomonidan Viloyat Xalq qabulxonasiga yo‘llangan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.

♻️Murojaatda xonadonning tabiiy gazdan qarzdorligi, oilaning ijtimoiy ahvoli va gaz ta’minotini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

♻️O‘rganish davomida fuqaroning bir nafar farzandi II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs ekani, katta o‘g‘li esa hozirda ishsizligi ma’lum bo‘ldi. Hokim yordamchisi tomonidan uni “Keng Makon” mebel ishlab chiqarish korxonasiga ishga joylashtirish taklif qilindi.

♻️Shuningdek, mahalla raisi T.Fayziyev homiylar ko‘magida gaz qarzdorligining bir qismini qoplashga yordam berishini bildirdi.

♻️Oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida avvalroq nogironligi bo‘lgan farzandining qiziqishi inobatga olinib, 50 ta jo‘ja hamda homiylar tomonidan 10 ta tovuq berilgan.