Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 276033
Gallery image 276034
Gallery image 276035
Gallery image 276036
Gallery image 276037
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
26 Okt 2026
18:15

#Deputat_mahallada

1-okrug deputati tomonidan mahallalarda aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 1-okrug deputati Alijon Saidaхmedov tomonidan “Istiqlol” va “Turkiston” MFY raislari bilan suhbat o‘tkazildi.

✅Suhbat davomida mahalla hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini oshirish borasidagi ishlar o‘rganildi.

✅Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish orqali aholi daromadini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Katta bog‘ ko‘chasi, 44-uyda yashovchi O‘.Vahobovaning xonadonida bo‘lindi.

✅Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.