Barcha yangiliklar
YANGIHAYOT TUMANIDAGI AVARIYA HOLATIDAGI KO‘PRIK MUAMMOSI YUZASIDAN MAS’ULLARGA SAVOL YO‘LLANDI
Gallery image 276032
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
26 Okt 2026
18:17

YANGIHAYOT TUMANIDAGI AVARIYA HOLATIDAGI KO‘PRIK MUAMMOSI YUZASIDAN MAS’ULLARGA SAVOL YO‘LLANDI

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️YANGIHAYOT TUMANIDAGI AVARIYA HOLATIDAGI KO‘PRIK MUAMMOSI YUZASIDAN MAS’ULLARGA SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasida poytaxtning yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🗣 SAVOL: Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan sessiya oldidan tegishli doimiy komissiya a’zolari ishtirokida hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Yangihayot tumanidagi ko‘prik bilan bog‘liq muammo hanuzgacha o‘z yechimini topmagani qayd etildi.

🔺 Deputat mazkur masala yuzasidan aholi tomonidan bir necha marotaba murojaatlar yo‘llanganiga qaramay, muammo bartaraf etilmaganini ta’kidlab, ko‘prikning texnik holatini yaxshilash va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qanday amaliy choralar ko‘rilayotgani hamda ushbu masala qachon hal etilishi yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev mazkur ko‘prikning bugungi kunda avariya holatida ekanini ma’lum qildi.

♻️ Mas’ul rahbarning bildirishicha, aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli topshiriq berilgan bo‘lib, ushbu masalani yaqin kunlarda hal etish choralari ko‘rilishi belgilangan.

📋 Sessiyada ko‘tarilgan mazkur masala aholining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, mavjud infratuzilma muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash