





#Deputat_mahallada
DEPUTAT E’TIBORIDA — IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH VA BANDLIK
Maqsad — fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va mustaqil daromad topishiga ko‘maklashish.
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 6-saylov okrug deputati T.Xolikov tomonidan “Fayz” MFYda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatda turuvchi II guruh nogironi S.Soyipovaning murojaatiga e’tibor qaratildi.
✅ Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida fuqaroga 44-sonli umumta’lim maktabi hududidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va o‘zini o‘zi band qilishi uchun maxsus xona ajratildi. Hozirda xonani ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilmoqda.