




#Farmon_ijrosi #deputat_nazorati
#Farmon_ijrosi
#deputat_nazorati
♻️Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 33-Eshonguzar saylov okrugi deputati N.A. Shek hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova tomonidan “Mevazor” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijro holatiga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.