Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 276010
Gallery image 276011
Gallery image 276012
Gallery image 276013
Gallery image 276014
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
26 Okt 2026
18:07

O‘rganish

MAHALLA OBODLIGI VA MUAMMOLAR YECHIMI DEPUTAT E’TIBORIDA  

Deputatning mahallalardagi amaliy o‘rganishlari aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga xizmat qiladi.
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Yo. Mirzaxmedova tomonidan 17-saylov okrugi hududidagi Tokzor mahallasi o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida mahalla bog‘ida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, bog‘  hududidagi ayrim daraxt shoxlari haddan tashqari o‘sib, elektr simlariga tegishi natijasida qisqa tutashuvlar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

🔰Bundan tashqari, toza ichimlik suvi quvurining yorilishi oqibatida ichimlik suvi ariqqa oqib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

🔰Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga xabar berildi. Muammolarni bartaraf etish, elektr xavfsizligini ta’minlash hamda ichimlik suvining isrof bo‘lishining oldini olish masalalari deputat nazoratiga olindi.