




O‘rganish
“Mevazor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning Toshkent viloyati hokimining sayyor qabulida bildirgan murojaati yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔰Mazkur murojaatni joyida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 33-Eshonguzar saylov okrugi deputati N.A. Shek, tuman Kengashi deputatlari G. Tursunova va Sh. Muratov, shuningdek, ishchi guruhi a’zolari ishtirokida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🔰Ishchi guruh tomonidan fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullar bilan fikr almashildi hamda muammoni hal etish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilash masalalari muhokama qilindi.
🔰Shuningdek, fuqaroning fikr va takliflari tinglanib, masalalarni qonuniylik, xolislik va fuqarolar manfaatlari ustuvorligi tamoyillari asosida hal etish muhimligi ta’kidlandi.