




#Deputat_so‘rovi
#Deputat_so‘rovi
“O‘RIKZOR” MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOLARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Aholi xavfsizligi va elektr ta’minoti sifatini yaxshilash deputatlik nazoratida!
📝Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-saylov okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan “O‘rikzor” mahallasining Abay-2 va Alpomish ko‘chalaridagi elektr ta’minoti muammolari yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📝Jumladan, Abay-2 ko‘chasida beton tayanch ustunlari o‘rnatilmagani sababli elektr simlari uylarning tomlari orqali tortilgani, Alpomish ko‘chasida esa eski aluminiy elektr simlarini yangilash zarurati qayd etildi.
📝Deputatlik so‘rovida elektr tarmoqlarini joyida o‘rganish, zarur tayanch ustunlarini o‘rnatish, eskirgan simlarni texnik baholash va xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rish so‘raldi.