



KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 19¹-moddasi talablariga muvofiq tashkil etildi.
📌 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich raislik qildi. Unda komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari, Parkent tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi.
📌 Kun tartibidagi asosiy masala — Parkent tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limining 2026-yilning 9 oyi davomida murojaatlar bilan ishlash faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
📌 Hisobot tinglanib, murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan atroflicha muhokama olib borildi. Mazkur masala doirasida aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlari hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Doimiy komissiya faoliyati doirasida tashkilot va muassasalar hisobotlarini ko‘rib chiqish, mas’ul idoralar faoliyatini muhokama qilish hamda tegishli masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish orqali hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat faoliyati davom ettirilmoqda.