



#Deputat_mahallada
Mahalla tozaligi — e’tibor markazida!
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 17-saylov okrugi deputati F.Radjapova tomonidan O‘ratepa mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
✨O‘rganish davomida mahallada atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlar ozodaligini saqlash va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish borasida kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
✨Xususan, “Toza hudud” xizmatlari tomonidan maishiy chiqindilar belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilmayotgani aholi uchun noqulayliklar yuzaga keltirayotgani qayd etildi.
✨ Mahallalarda tozalikni ta’minlash, ekologik muhitni asrash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish mas’ul tashkilotlarning muhim vazifalaridan biridir.
✨Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.