






MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI
🔵 Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, vakillik hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash hamda mavjud boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi.
🔹 So‘rovnoma boshlanishidan avval Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi A. Turdiboyev tomonidan deputatlarga mazkur sotsiologik tadqiqotning maqsad va vazifalari, uning ahamiyati hamda kutilayotgan natijalari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
🔹 Tadqiqot davomida deputatlarning mahalliy Kengashlar faoliyati, ularning vakolatlari, ish samaradorligi va vakillik hokimiyatini rivojlantirishga oid fikr-mulohazalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar nafaqat ularning amaldagi faoliyatini baholash, balki mahalliy Kengashlar vakolatlarini yanada kengaytirish, mustaqilligini mustahkamlash hamda faoliyatini zamon talablariga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan institutsional islohotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Bunday sotsiologik tadqiqotlar mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish, deputatlik faoliyatini takomillashtirish va vakillik hokimiyatining jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.