Barcha yangiliklar
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILMOQDA
Gallery image 275974
Gallery image 275975
Gallery image 275976
Gallery image 275977
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
26 Okt 2026
17:58

HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILMOQDA

HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputati Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan Parkent tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.
❇️ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasasida kitobxonlik muhitini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni baholash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
❇️ Jarayon davomida kutubxona fondi, undagi badiiy adabiyotlar, darsliklar, ilmiy-ommabop nashrlar va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Badiiy adabiyotlarning o‘quvchilar ma’naviy-axloqiy kamoloti, kitobxonlik madaniyati va dunyoqarashini shakllantirishdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.
❇️ Shuningdek, kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi, o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilish darajasi hamda kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi o‘rganildi. Kutubxonada adabiy kechalar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va kitob targ‘ibotiga oid tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinayotgani qayd etildi.
❇️ O‘rganish davomida kutubxona fondini yanada boyitish, ayniqsa, yoshlar qiziqishiga mos zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, kitoblar hisobini raqamlashtirish hamda elektron kutubxona elementlarini joriy etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Shu bilan birga, o‘quvchilarni kutubxonaga keng jalb etish va kitobxonlikni ommalashtirish borasidagi tizimli ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
➡️ O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini takomillashtirish va o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilishi qayd etildi.
📚 Kitobxon yoshlar — yurt kelajagi! Ta’lim muassasalarida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biridir.