Barcha yangiliklar
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 275970
Gallery image 275971
Gallery image 275972
Gallery image 275973
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
26 Okt 2026
17:57

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari, Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.
✅ Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yilning 9 oyi davomida murojaatlar bilan ishlash faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi va atroflicha muhokama qilindi.
❇️ Ta’kidlanganidek, hisobot davrida fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni tashkil etish, murojaatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda takroriy murojaatlar sonini kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.
❇️ Doimiy komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan axborot yuzasidan murojaatlar tahlili, ularning hududlar kesimidagi holati, takroriy murojaatlarning kelib chiqish sabablari, ijro intizomi hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi.
❇️ Muhokamalar davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, muammolarni imkon qadar joyida hal etish hamda takroriy murojaatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishlarda ish samaradorligini oshirish yuzasidan aniq tavsiya va takliflar berildi.
✅ Yig‘ilishda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash va fuqarolar muammolariga tizimli yondashish muhimligi ta’kidlandi. Murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyatni kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muhokama qilish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
📌 Har bir murojaat — inson manfaatlari, qonuniy huquqlari va hayotiy muammolariga e’tibor demakdir!