Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani  #Deputat_o'rganish   Chinozda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi sari bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
Gallery image 275967
Gallery image 275968
Gallery image 275969
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
23 Okt 2026
18:00

#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Chinozda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi sari bunyodkorlik ishlari davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–298-sonli qarori asosida Chinoz tumanini “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman”ga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar izchil davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov tomonidan tumandagi Paxtaobod MFY hududida joylashgan ko'p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma loyihalarining ijro holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va hududlarning obod qiyofasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.