Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi  HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Gallery image 275964
Gallery image 275965
Gallery image 275966
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
23 Okt 2026
17:59

#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI





🔎 O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📈 O‘rganish natijalari:

💳 15 nafar fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun imtiyozli kredit ajratilgan, 5 nafar fuqaro kasb-hunar va o‘quv kurslariga yo‘naltirilib, ularning zamonaviy kasblarni egallashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

🤝 7 ta kam ta’minlangan oila bilan manzilli ishlar tashkil etilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgan.

💼 84 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilib, barqaror bandligi ta’minlangan.

📝 O‘rganish yakunida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✨ Deputatlik nazorati — hududlarni kompleks rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladi.