





NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🟢 Aholi bilan ochiq muloqot, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.
🔹 “Samsarak” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 28-umumta’lim maktabida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholini Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar bilan tanishtirish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish hamda fuqarolarning fikr va takliflarini tinglashdan iborat bo‘ldi.
✅ Uchrashuvda mas’ul tashkilotlar rahbarlari, jumladan, Parkent tuman prokurori, adliya katta maslahatchisi Qahramon Xaydarovich Mirsagatov, Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sultanov Anvar Abidxo‘jayevich, shuningdek, “Samsarak” mahallasi va maktab ma’muriyati vakillari ishtirok etdilar.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich uchrashuv davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.
🔹 Jumladan, saylovchilarga Parkent tuman prokurorining prokuratura organlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek, Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida ma’lumot berildi.
🟢 Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari haqida so‘z yuritilib, hududda qonuniylikni mustahkamlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarning ahamiyati qayd etildi.
🟢 Ochiq muloqot davomida fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va murojaatlarini bildirish imkoniyati yaratildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berilib, aholi bilan doimiy muloqot olib borish hamda mavjud muammolarga yechim topish muhimligi ta’kidlandi.
📌 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi aholi bilan ochiq muloqotlarni izchil davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning takliflarini sessiyalarda ko‘rib chiqiladigan masalalar bilan uyg‘unlashtirish hamda yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratadi.
➡️ Aholi bilan muloqot — muammolarni aniqlash, takliflarni tinglash va ularning yechimi sari amaliy qadam tashlashning muhim vositasidir!