Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati: 4-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 275956
Gallery image 275957
Gallery image 275958
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
17:53

Deputatlik nazorati: 4-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Aholiga sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov bilan birgalikda “Ma’rifat” mahallasida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 21-sentabrdagi VII-25-85-8-121-K/26-sonli “Termiz shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joylarni mavsumga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarlik darajasi, o‘quv xonalari va binolarda zarur shart-sharoitlarning yaratilgani, isitish tizimlarining sozligi hamda sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun munosib ta’lim muhitini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud holatni baholash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Asosiy maqsad — ta’lim muassasasini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, o‘quv xonalarida me’yoriy harorat va zarur sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar davom ettiriladi. Mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarning holati doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — xalq manfaatlari va hudud taraqqiyoti yo‘lida!