

MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida joylarda deputatlik nazorati ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan okrugdagi “Fayzobod” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati, xususan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.
❇️ O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim M.Xadjikulovaning ish faoliyati bilan tanishilib, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📊 O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Fayzobod” MFYda:
🔹 49 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs;
🔹 6 ta kambag‘allik chegarasidagi oila;
🔹 19 ta kambag‘al oila mavjudligi aniqlandi.
🛍 Ijtimoiy loyihalar doirasida 41 ta kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, 11 ta oilaga kiyim-kechak yetkazib berilgan. Shuningdek, 6 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligi ta’minlangan, 2 ta oilaga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
♿️ Bundan tashqari, 2026-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 nafar fuqaro protez-ortopediya moslamalari (POM) va reabilitatsiya texnik vositalari (RTV) bilan ta’minlangani qayd etildi.
❇️ Deputatlik nazorati doirasida ijtimoiy yordamning manzilliligi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralari hamda mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
➡️ Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish va mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida hal etish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.