Barcha yangiliklar
TUMAN KENGASHINING ISH REJASIGA MUVOFIQ PARKENT TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DARAJASI O‘RGANILDI
Gallery image 275934
Gallery image 275935
Gallery image 275936
Gallery image 275937
Gallery image 275938
Gallery image 275939
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
26 Okt 2026
17:52

TUMAN KENGASHINING ISH REJASIGA MUVOFIQ PARKENT TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DARAJASI O‘RGANILDI

TUMAN KENGASHINING ISH REJASIGA MUVOFIQ PARKENT TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DARAJASI O‘RGANILDI
❄️ Qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish — tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyati va bemorlar uchun zarur sharoitlarni ta’minlashning muhim omili.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Parkent tumani Tibbiyot birlashmasining 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
❇️ O‘rganish ishlari tuman Tibbiyot birlashmasining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda tashkil etilib, muassasada isitish tizimlari va muhandislik infratuzilmasining mavsumga tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi:
✅ Tuman Tibbiyot birlashmasida 2 dona KVA-1000 rusumli isitish qozoni o‘rnatildi.
✅ Isitish tizimining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida dudburonlar tozalandi.
✅ Issiqlik uzatish quvurlari issiqlikni saqlash uchun steklovata bilan o‘raldi.
✅ Binolarning tom qismlari nazoratdan o‘tkazildi.
✅ Elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 1 dona yangi tok uzatish moslamasi o‘rnatildi.
🏥 Shuningdek, tuman akusherlik kompleksida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, 2 dona KVA-200 rusumli isitish qozoni o‘rnatildi.
❇️ Mazkur ishlar tibbiyot muassasalarida sovuq mavsum davomida zarur harorat sharoitlarini yaratish, isitish tizimlarining barqaror ishlashiga ko‘maklashish hamda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun qulay muhitni ta’minlashga qaratilgan.
❇️ Deputatlik nazorati doirasida tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud infratuzilmaning holatiga e’tibor qaratish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilishini nazorat qilish ishlari davom ettiriladi.
✅ Aholi salomatligi va tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyati — doimiy e’tiborda!