Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MARG‘ILON SHAHAR KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
Gallery image 275928
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
26 Okt 2026
17:49

XALQ DEPUTATLARI MARG‘ILON SHAHAR KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI

 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan 2026-yil 26–30-oktabr kunlariga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, hududlarda deputatlik nazorati va o‘rganish tadbirlari, doimiy komissiyalar faoliyati hamda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rganish ishlari amalga oshiriladi.

Hafta davomida deputatlar tomonidan saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, mavjud muammo va takliflarni o‘rganish, infratuzilma hamda ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan ishlar ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, 30-oktabr kuni Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlash, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning yechimiga ko‘maklashish haftalik ish rejasining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.