



Ishchi yig‘ilishda ustuvor vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida ishchi yig‘ilish o‘tkazilib, hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va kelgusi vazifalar muhokama etildi.
Yig‘ilishda deputatlarning saylov okruglarida olib borgan o‘rganishlari,axborot berishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Kelgusi haftaga rejalashtirilgan navbatdagi Kengash sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kun tartibidagi masalalarni sifatli tayyorlash, zarur hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish va deputatlarni sessiyaga har tomonlama tayyorlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida deputatlik nazoratini kuchaytirish, murojaatlar yechimini ta’minlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha kelishib olindi.