Barcha yangiliklar
13-Yoyilma saylov okrugida deputat axborot berdi
Gallery image 275918
Gallery image 275919
Gallery image 275920
Gallery image 275921
Gallery image 275922
Gallery image 275923
Gallery image 275924
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
26 Okt 2026
17:47

13-Yoyilma saylov okrugida deputat axborot berdi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov tomonidan Tut tagi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda deputat, kotibiyat tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida 2026-yilning uchinchi choragida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berildi.

Muloqotda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, kommunal soha vakillari, mahalla faollari, elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari hamda obodonlashtirish boshqarmasi ichki yo‘llardan foydalanish boʻlimi boshligʻi D.Qodirov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan Tut tagi mahallasi va unga tutash yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.

Bildirilgan murojaatlar tegishli soha vakillari ishtirokida muhokama qilinib, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha zarur choralarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, ularni hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ko‘tarilgan masalalar ijrosini deputatlik nazoratiga olish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday muloqotlar saylovchilarni hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga xizmat qiladi.