Barcha yangiliklar
Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyida o‘rganildi
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
17:39

Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyida o‘rganildi

Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Ma’rifat” mahallasida bo‘lib, hududda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
O‘rganish davomida elektr ta’minoti bilan bog‘liq holatlar ko‘zdan kechirilib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan masalalarga e’tibor qaratildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilash hamda fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, masalaga mas’uliyat bilan yondashish va muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Asosiy maqsad — aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishiga ko‘maklashish hamda mahallada yashash sharoitlarini yanada yaxshilashdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasida hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ishlari davom ettiriladi.