Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 275878
Gallery image 275879
Gallery image 275880
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
17:18

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan fuqarolar murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur so‘rovda “Boybuloq” mahallasining Paxtakor qishlog‘i, kanal bo‘yida istiqomat qiluvchi aholi foydalanadigan 2 kilometr uzunlikdagi ko‘chaning ta’mirtalab holati ko‘tarilgan. Xususan, yoz oylarida ko‘chaning chang-to‘zonli, qish faslida esa loy bo‘lishi sababli o‘quvchilarning maktabga qatnovida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlangan.

Ushbu masala yuzasidan Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E. Musayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan.

Berilgan javobga ko‘ra, mazkur 2 kilometr uzunlikdagi ko‘chani ta’mirlash tegishli dasturga kiritilgan. Shuningdek, mahalladagi yo‘llarni ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube