Barcha yangiliklar
Fuqaroning tomorqa ekinlarini suğoriş yuzasidan  murojaati joyiga çiqqan holda örganildi
Gallery image 275874
Gallery image 275875
Gallery image 275876
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
26 Okt 2026
17:16

Fuqaroning tomorqa ekinlarini suğoriş yuzasidan murojaati joyiga çiqqan holda örganildi

Xalq deputatlari Böstonliq tumani Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aşurov tomonidan tumanning “Yoşlik” mahallasida istiqomat qiluvçi fuqaroning tomorqa ekinlarini suğoriş va yomğir suvlarini çiqarib yuboriş tarmoği yuzasidan murojaati joyiga çiqqan holda örganildi.

🔵Örganiş davomida mazkur tarmoqning tösilib qolgani, natijada yoğingarçilik kunlarida fuqaroning hovlisida suv töplanişi kuzatilayotgani aniqlandi. Bu holat öz navbatida tomorqa yerlarini suğorişda qiyinçiliklar yuzaga kelişiga hamda yomğir suvlarini öz vaqtida çiqarib yuborişda muammolarga sabab bölmoqda.

🔵Mavjud vaziyatni bartaraf etiş maqsadida deputat tomonidan muammoning kelib çiqiş sabablari va uni hal etiş imkoniyatlari körib çiqildi. Xususan, masalani qöşni xonadon bilan özaro kelişuv va murosa asosida hal etiş muhimligi taʼkidlandi. Şu munosabat bilan deputat muammoni tinç yöl bilan hal qiliş, tomonlar örtasida özaro tuşunişni taʼminlaş maqsadida “mahalla yettiligi” aʼzolarini jalb etişini bildirdi.

🔵Şuningdek, fuqaroga mavjud holatni bartaraf etiş, qöşnilar bilan yaxşi munosabatlarni saqlaş hamda murojaatni hal etişda belgilangan tartibda harakat qiliş yuzasidan tegişli tavsiya va tuşuntirişlar berildi.