







TOSHKENT SHAHRIDA PEDIATRIYA SOHASIDAGI XALQARO KONGRESS BO‘LIB O‘TDI
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️TOSHKENT SHAHRIDA PEDIATRIYA SOHASIDAGI XALQARO KONGRESS BO‘LIB O‘TDI
🏛 Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Bolalik nomidan: 60 yil g‘amxo‘rlik, bilim va kashfiyotlar” mavzusidagi xalqaro kongress tashkil etildi.
🔺 Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oral Ataniyazova hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminov ham ishtirok etdi.
📋 Kongress davomida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, mamlakatimizda pediatriya xizmatini yanada rivojlantirish, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish hamda zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📁 Senator Oral Ataniyazova o‘z nutqida ona va bola salomatligini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, bolalar kasalliklarini erta aniqlash, zamonaviy tashxislash va davolash usullarini joriy etish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda malakali mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi.
♻️ Xalqaro kongressda O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa 17 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan olimlar, shifokorlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, pediatriya sohasidagi ilg‘or tajribalar va zamonaviy tibbiy yondashuvlar yuzasidan fikr almashdi.
🗣 Anjuman doirasida bolalar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta tashxislash va samarali davolash, pediatriya sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar, mavzuli seksiyalar hamda mahorat darslari tashkil etildi.
✅ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminovning mazkur xalqaro kongressdagi ishtiroki pediatriya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bolalar salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash