



Istirohat boğida yaratilayotgan şaroitlar örganildi
Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tumanning “Maʼrifat” mahallasida joylaşgan “Boği Eram” istirohat boğida dam oluvçilar uçun yaratilayotgan şaroitlar örganildi.
🟢Örganiş davomida istirohat boğida olib borilayotgan bunyodkorlik işlari, hududni kökalamzorlaştiriş, sayr yölaklarini barpo etiş va dam oluvçilar uçun qulayliklar yaratiş jarayonlari bilan tanişildi.
🟢Ayni vaqtda boğ hududida sayr yölaklarini quriş, kökalamzorlaştiriş hamda taşrif buyuruvçilar uçun örindiqlar örnatiş işlari davom etmoqda. Mazkur işlar hududning yanada obod va körkam qiyofa kasb etişi, fuqarolarning mazmunli hordiq çiqarişi uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan.
🟢Şuningdek, istirohat boğida taşrif buyuruvçilarning madaniy dam olişini taşkil etişga xizmat qiluvçi bir qator inşootlar barpo etilib, ulardagi işlar yakunlangan. Jumladan, amfiteatr, bolalar öyingohi, favvora va şoirlar burçagi tayyor holatga keltirilgan.
🟢Amfiteatrda madaniy-maʼrifiy tadbirlar va ijodiy uçraşuvlar ötkaziş, bolalar öyingohida esa yoş avlodning mazmunli hordiq çiqarişi uçun imkoniyatlar yaratiladi. Favvora boğ hududiga yanada çiroy bağişlasa, şoirlar burçagi adabiyot va şeʼriyat ixlosmandlari uçun öziga xos maʼnaviy maskan bölib xizmat qilişi közda tutilgan.