Barcha yangiliklar
Mahalladagi soliq inspektorining faoliyati örganildi
Gallery image 275851
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
26 Okt 2026
17:10

Mahalladagi soliq inspektorining faoliyati örganildi

Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “Qoramanas” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori D.Tojibayevning faoliyati örganildi.

🔻Örganiş davomida soliq inspektorining lavozim majburiyatlaridan kelib çiqib, jismoniy va yuridik şaxslarning soliq majburiyatlarini bajarişiga kömaklaşiş, soliq tölovçilarga qonunçilik talablarini tuşuntiriş, soliq qarzdorligini kamaytiriş hamda mahalladagi mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalaniş böyiça olib borilayotgan işlariga eʼtibor qaratildi.

🔻Şuningdek, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar bilan hamkorlikni yölga qöyiş, yangi tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagidagi aholiga soliq masalalari yuzasidan tuşuntiriş beriş, norasmiy faoliyatni qonuniylaştirişga kömaklaşiş hamda soliqlarni öz vaqtida tölaş madaniyatini oşiriş masalalari körib çiqildi.

🔻Soliq inspektorining mahalladagi boşqa masʼullar bilan hamkorligi, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan işlaşi, soliq qonunçiligiga oid muammolarni aniqlaş va ularni belgilangan tartibda hal etişga kömaklaşiş faoliyati ham muhim yönalişlardan biri sifatida qayd etildi.

🔻Örganiş yakunida soliq inspektoriga öz xizmat vazifalarini samarali taşkil etiş, aholi va tadbirkorlar bilan manzilli işlaşni kuçaytiriş, soliq tölovçilarga qonunçilik talablari yuzasidan muntazam tuşuntirişlar beriş hamda mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etiş çoralarini köriş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.