

DEPUTATNING ÖRNI
Yaylov xöjaliklariga doimiy foydalanişga berilgan yerlarga 2026-yil 1-oktyabrdan boşlab hisoblangan ijara tölovlari, ijara huquqini oliş uçun tölanadigan mablağlar operator xarajatlari çegirib taşlangan holda töliğiça hududiy yaylov xöjaliklariga ötkaziladi.
Hududiy yaylov xöjaliklariga kelib tuşgan mablağlar tegişli hududdagi xalq deputatlari kengaşlari hamda Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi bilan kelişilgan holda degradatsiyaga uçragan yaylovlarni qayta tiklaş, ozuqabop ekinlar ekiş, uruğçilikni taşkil etiş, suv çiqariş quduqlarini taʼmirlaş va yangidan qaziş, hududiy yaylov xöjaliklarining moddiy-texnika bazani mustahkamlaş tadbirlariga yönaltiriladi.
Adliya vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Çorvaçilik agentligining mahalliy aholi tomonidan uy şaroitida boqiladigan çorva mollarini ötlatiş uçun böş turgan yaylov yerlarida jamoat yaylovlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Bunda:
jamoat yaylovlari xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlarining qaroriga asosan hududiy yaylov xöjaliklari tomonidan 49 yil muddatga mahalla fuqarolar yiğinlariga bepul ijaraga beriladi. Ijaraga berilgan yaylov yer maydonlariga soliq solişning nol stavkasi qöllanadi.
Asos: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktyabrdagii PQ-374-son qarori.