


“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan tumanning “Chimgan” mahallasidagi “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan o‘rganildi.
🔻Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi B.Saidmavlonov ma’lumotlarga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya reyestri”ga mahalladan jami 32 ta oila kiritilgan bo‘lib, shundan 6 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 19 tasi kambag‘al oilalar hamda 7 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etgan.
🔻Shuningdek, joriy oy boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar natijasida 9 ta kambag‘al oila reyestrdan chiqarilgan. Bu esa oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning mavjud muammolarini hal etish va ehtiyojmandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.
🔻O‘rganish jarayonida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, reyestrga kiritilgan oilalarning ehtiyojlarini o‘rganib borish, ularni mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
🔻Deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilalarning turmush darajasini yaxshilash va ularning barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasidagi ishlarni o‘rganish davom ettiriladi.