




Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Chimgan” mahallasidan joylashgan 38-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔵O‘rganish davomida ta’lim muassasasida sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun munosib sharoit yaratish, sinfxonalarda zarur haroratni ta’minlash hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Jumladan, maktabning isitish tizimi va suv isitish qozonining texnik holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, isitish tizimi hamda suv isitish qozoni soz holatda ekani aniqlandi. Shuningdek, suv elektr energiyasi yordamida isitilishi ma’lum bo‘ldi. Umuman olganda, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati qoniqarli deb baholandi.
🔵Shu bilan birga, isitish tizimi va suv isitish qozonining barqaror ishlashini ta’minlash, elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanish, mavjud uskunalarning texnik holatini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.