


Mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash, asfaltlashtirish hamda yo‘l chetlariga lotoklar o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
🔵O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, yomg‘ir va mavsumiy yog‘ingarchilik suvlarini tartibli oqizish uchun yaratilayotgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
🔵O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli tashkil etish, yo‘l qoplamasini belgilangan talablar asosida yotqizish, lotoklarni to‘g‘ri joylashtirish hamda suv oqimining erkin harakatlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yo‘l va drenaj infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarni o‘zaro uyg‘unlikda olib borish, bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.
🔵O‘rganish yakunida mas’ullarga ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash, lotoklarni o‘rnatishda belgilangan texnik talablarga rioya etish, suv oqimi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan doimiy nazorat olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.