Barcha yangiliklar
OLMAZOR TUMANI KENGAŞI MAJLISIDA JAMOAT XAVFSIZLIGI VA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI KÖRIB ÇIQILDI
Gallery image 275807
Gallery image 275808
Gallery image 275809
Gallery image 275810
Gallery image 275811
Gallery image 275812
Gallery image 275813
Gallery image 275814
Gallery image 275815
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
26 Okt 2026
16:44

OLMAZOR TUMANI KENGAŞI MAJLISIDA JAMOAT XAVFSIZLIGI VA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI KÖRIB ÇIQILDI

 OLMAZOR TUMANI KENGAŞI MAJLISIDA JAMOAT XAVFSIZLIGI VA KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI KÖRIB ÇIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşining navbatdagi majlisida tumanda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş hamda kuz-qiş mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va tegişli xizmatlarning mavsumga tayyorgarligi masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿 Majlisda Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Abdulhakim Eşmuratov iştirok etdi.

📍 Muhokamalarda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşi raisi Ş. Umarxodjayeva, Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği, polkovnik I. Xasanov, Kengaş kotibiyati boş mutaxassisi
U. Şopotixov, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği
U. Yöldaşev hamda ijro hokimiyati va mas’ul taşkilotlar rahbarlari qatnaşdi.

🔎 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan jinoyatçilikka sabab böluvçi omillarni barvaqt aniqlaş, huquqbuzarliklarning profilaktikasini kuçaytiriş, aholi osoyiştaligini ta’minlaş va mas’ul idoralar hamkorligini mustahkamlaş masalalariga e’tibor qaratildi.

❄️ Şuningdek, kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, turar joylar va ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarligi, xavfsizlik talablariga rioya etilişi hamda tegişli xizmatlarning şayligini ta’minlaş yuzasidan fikr almaşildi.

🤝 Majlis yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli vazifalarni öz vaqtida bajariş, idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş va mavjud muammolarni bartaraf etiş orqali tumanda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!