Barcha yangiliklar
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Gallery image 275801
Gallery image 275802
Gallery image 275803
Gallery image 275804
Gallery image 275805
Gallery image 275806
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
26 Okt 2026
16:33

MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov hamda shahar Kengashi deputati, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sh. Sadikov tomonidan “Obi hayot” mahallasida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimlarining holati, bino xonalarining mavsumga tayyorgarligi hamda kuz-qish davrini barqaror va betalafot o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, isitish tizimlarining sozligi va samarali ishlashini nazorat qilish, o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ta’lim sifatini oshirish va yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishlari doirasida ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarligi muhimligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda ta’lim muassasasida xavfsiz va qulay muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini saqlash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni yaratish zarurligi ta’kidlandi.

📌 Maqsad — ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish.