Barcha yangiliklar
3-OILAVIY POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Gallery image 275792
Gallery image 275793
Gallery image 275794
Gallery image 275796
Gallery image 275797
Gallery image 275795
Gallery image 275798
Gallery image 275799
Gallery image 275800
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
26 Okt 2026
16:32

3-OILAVIY POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

3-OILAVIY POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov tomonidan shahardagi 3-oilaviy poliklinikada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Mazkur poliklinika “Dashtbog‘”, “Diyor”, “Shodlik”, “Zarkent”, “Zarafshon”, “Sardoba”, “Mehribonlik”, “Majnuntol” va “Yangiobod” mahallalarida istiqomat qiluvchi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. DMED elektron tizimiga biriktirilgan 46 707 nafar aholining salomatligini muhofaza qilishda muassasaning o‘rni muhim. Shuningdek, poliklinika 6 ta maktab va 3 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda jami 156 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.

O‘rganish davomida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, isitish tizimlarining holati hamda muassasaning sovuq mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholini sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat bilan ta’minlash, sovuq kunlarda tibbiyot muassasasining barqaror faoliyat yuritishi hamda bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va ijtimoiy soha obyektlarining mavsumiy tayyorgarligini nazorat qilish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Maqsad — aholiga sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ta’minlash hamda bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun munosib sharoit yaratish.