Barcha yangiliklar
GULBOG‘ MAHALLASIDA HUNARMANDLAR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Gallery image 275780
Gallery image 275781
Gallery image 275782
Gallery image 275783
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
26 Okt 2026
16:28

GULBOG‘ MAHALLASIDA HUNARMANDLAR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

 GULBOG‘ MAHALLASIDA HUNARMANDLAR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Muminov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Rustamjon Isakov, shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda mas’ul xodimlar ishtirokida Namangan shahrining Gulbog‘ mahallasida hunarmandlar faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida mahallada hunarmandchilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ustalarning kundalik faoliyati hamda milliy hunarmandchilik an’analarini saqlash va rivojlantirish borasidagi tajribalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hunarmandlar faoliyatini kengaytirish, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va hunarmandchilik mahsulotlarini bozorga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, kasanachilik va hunarmandchilik orqali aholi bandligini ta’minlash hamda mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida aholi bandligini oshirish, oilaviy daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik va hunarmandchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalarining ahamiyati qayd etildi.

Mazkur tashrif mahallada hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va aholi uchun daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlarni o‘rganish hamda bu boradagi mavjud imkoniyatlarni baholashga xizmat qildi.

📌 Maqsad — milliy hunarmandchilik an’analarini rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va mahallada yangi daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish