





GULBOG‘ MAHALLASIDAGI 4-SON TEXNIKUM FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
GULBOG‘ MAHALLASIDAGI 4-SON TEXNIKUM FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Muminov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Rustamjon Isakov, shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda mas’ul xodimlar ishtirokida Namangan shahrining Gulbog‘ mahallasida joylashgan 4-son texnikum faoliyati bilan tanishildi.
Tashrif davomida texnikumda ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalar berish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida yoshlarning kasbiy ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, bandligini ta’minlash va kelgusida munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalarining ahamiyati qayd etildi.
Tashrif yakunida kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim jarayonini mehnat bozori talablariga mos ravishda tashkil etish hamda yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
📌 Maqsad — yoshlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda hududda malakali mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish.