



SESSIYADA: OLMAZOR TUMANI XALQ QABULXONASINING 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT EŞITILDI
SESSIYADA: OLMAZOR TUMANI XALQ QABULXONASINING 9 OYLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT EŞITILDI
🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşining navbatdagi sessiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Toşkent şahar Olmazor tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oşirgan işlari yuzasidan axborot tinglandi.
🎙 Mazkur masala yuzasidan Olmazor tumani Xalq qabulxonasi mudiri örinbosari Qöldoşev Xolmirza Xusanoviç axborot berib, jismoniy va yuridik şaxslardan kelib tuşgan murojaatlarni körib çiqiş, aholi muammolarini hal etiş hamda davlat organlari va taşkilotlari rahbarlari tomonidan ötkazilgan sayyor va şaxsiy qabullar natijalari haqida ma’lumot taqdim etdi.
📊 Keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2026-yil 30-sentyabr holatiga Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga Olmazor tumani aholisidan jami 9 127 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 7 228 tasi körib çiqilgan, 6 040 tasi qanoatlantirilgan, qolgan murojaatlar böyiça tegişli qarorlar qabul qilingan. Ayni paytda 1 899 ta murojaatni körib çiqiş jarayoni davom etmoqda.
📍 Murojaatlar tahlili şuni körsatdiki, Yangi Toşkent, Miskin, Abu Bakr Şoşiy, Şodiyona, Sebzor va boşqa mahallalar aholisidan kelib tuşgan murojaatlar salmoqli örinni egallagan.
🔎 Sessiyada murojaatlar bilan işlaş samaradorligini yanada oşiriş, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni öz vaqtida va qonuniy hal etiş, mas’ul taşkilotlar tomonidan murojaatlarni körib çiqişda yöl qöyilayotgan kamçiliklarni bartaraf etiş hamda ijro intizomini kuçaytiriş muhim vazifalar ekani ta’kidlandi.
✅ Asosiy maqsad — aholi murojaatlariga befarq bölmaslik, har bir muammoni çuqur örganiş va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş orqali xalq roziligiga erişişdir.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!