





GULBOG‘ MAHALLASIDAGI TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
GULBOG‘ MAHALLASIDAGI TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Muminov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Rustamjon Isakov hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev mas’ul xodimlar ishtirokida Namangan shahrining Gulbog‘ mahallasida joylashgan Toshkent xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida oliy ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari hamda mavjud moddiy-texnik imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim usullarini joriy etish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash hamda ularni mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarga sifatli oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasasining hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yo‘nalishlar doirasida yoshlar ta’limi, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalarining ahamiyati qayd etildi.
Tashrif yakunida oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlarni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
📌 Maqsad — yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda hududda ta’lim sohasini yanada takomillashtirishga ko‘maklashish.