Barcha yangiliklar
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Gallery image 275753
Gallery image 275754
Gallery image 275755
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
26 Okt 2026
16:05

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, isitish tizimlarining holati hamda qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘z vaqtida nazoratga olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Bo‘ston” mahallasida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, uning zaxira qismlari, ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘i zaxiralarini yaratish ishlari hamda binoning qishki mavsumga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumni betalofat boshlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz