Barcha yangiliklar
SESSIYADA: 2027-YIL UÇUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLAŞGA QARATILGAN IŞ ÖRINLARI ZAXIRASI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 275740
Gallery image 275741
Gallery image 275742
Gallery image 275743
Gallery image 275744
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
26 Okt 2026
15:56

SESSIYADA: 2027-YIL UÇUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLAŞGA QARATILGAN IŞ ÖRINLARI ZAXIRASI MUHOKAMA QILINDI

SESSIYADA: 2027-YIL UÇUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLAŞGA QARATILGAN IŞ ÖRINLARI ZAXIRASI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşining navbatdagi sessiyasi kun tartibida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş masalasi yuzasidan hisobot eşitildi.

📍 Mazkur masala yuzasidan Olmazor tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği örinbosari Mirzaaxmatov Abduqaxxor Mirahmadoviç hamda boş mutaxassis Qandiyorov Bekzod Zafaroviçlar hiosbot berdi.

⚖️ Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasining “Aholi bandligi töğrisida”gi Qonunining 39, 40 va 41-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunning 24-moddasi hamda Prezidentning 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga muvofiq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam soni belgilanişi nazarda tutilgan.

📊 Hisobotga köra, 2027-yil uçun quyidagi natijalar qayd etildi:
▪️ Tumandagi iş örinlarini zaxiraga qöyiş majburiyatiga ega bölgan 217 ta taşkilotning manzilli röyxati şakllantirildi;
▪️ Uşbu taşkilotlarda jami 44 779 nafar xodim faoliyat yuritişi ma’lum qilindi;
▪️ Taşkilotlar tomonidan 2027-yilda ijtimoiy ehtiyojmand aholi vakillari uçun jami 2 442 ta iş örnini zaxiraga qöyiş taklif etildi.

📌 Taklif etilayotgan iş örinlari quyidagi toifalar böyiça taqsimlangan:
🔹 Nogironligi bölgan şaxslar uçun — 933 ta;
🔹 Oilaviy (maişiy) zöravonlikdan jabrlangan şaxslar uçun — 48 ta;
🔹 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari uçun — 1 375 ta;
🔹 Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan şaxslar uçun — 74 ta;
🔹 Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan şaxslar uçun — 5 ta;
🔹 Odam savdosidan jabrlangan şaxslar uçun — 7 ta.

🤝 Takliflar “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali umumlaştirilib, taşkilotlar kesimida tahlil qilindi. Şuningdek, iş örinlarining toifalar böyiça töğri taqsimlanişi tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda örganib çiqildi.

🏛 Mazkur masala yuzasidan taqdim etilgan ma'lumotlar sessiya iştirokçilari tomonidan tinglandi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!