Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 275734
Gallery image 275735
Gallery image 275736
Gallery image 275737
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
14:21

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S.Irisov “Mehnatobod” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan 75V063 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining “Mehnatobod” va “Gulchinor” mahallalari hududidan o‘tuvchi qismi ta’mirtalab holatga kelgani, yo‘l qoplamasining ayrim qismlarida nosozliklar mavjudligiligi sababli masalani o‘rganish va uni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sherbod tuman “Yo‘llardan foydalanish korxonasi” DMga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

✅ Deputatlik so‘roviga javoban, Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan 75V063 avtomobil yo‘lining “Mehnatobod” va “Gulchinor” mahallalari hududidan o‘tuvchi 03–9–10–14-kilometrlar oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube