





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev tomonidan fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i X. Muxamadiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📝 Mazkur so‘rovda “Katta hayot” va “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida istiqomat qiluvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularning salomatligini muntazam nazorat qilib borish hamda uy sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatish holati yuzasidan ma’lumot so‘ralgan.
✅ Ushbu deputatlik so‘roviga Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
🤝 Deputatlik so‘rovlari fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda tibbiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan muhim vositalardan biridir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube