



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimizdir!
Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlardan biridir. Unga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda jamiyatda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash har bir fuqaroning muhim vazifasidir.
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Ruslan Yerniyazov o‘z faoliyatida ham korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylikni ta’minlash, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Deputat tomonidan hududda qonunchilik talablariga rioya etilishi, davlat mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishi hamda fuqarolar murojaatlarining qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazorati olib borilishi muhim ahamiyatga ega.
Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat mas’ul tashkilotlarning emas, balki har birimizning fuqarolik burchimizdir. Halollik, adolat va qonuniylik ustuvor bo‘lgan jamiyatni birgalikda barpo etamiz!