



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputat Oydin Daniyarxodjayeva "Ko'hna Mevazor" mahallalasida ijtimoiy xodimi faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yordamga ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolarning muammolarini aniqlash, ularni tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish, mavjud ehtiyojlarni o‘z vaqtida qondirish hamda manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.