Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 275711
Gallery image 275712
Gallery image 275713
Gallery image 275714
Gallery image 275715
Gallery image 275716
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
26 Okt 2026
15:11

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Botir Nurmatov tomonidan hududdagi ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari, issiqlik ta’minoti tizimlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholini uzluksiz issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunida mas’ul tashkilotlarga aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.